«Napoli» yarimhimoyachisi Scott McTominay Ispaniyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, yarimhimoyachini «Real» sotib olishni xohlaydi. Shotlandiyalik futbolchini shaxsiy ravishda «qaymoqlar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo olib kelmoqchi. McTominay ilgari «Manchester Yunayted»da portugaliyalik mutaxassis bilan ishlagan.
Scott McTominay 2024 yilda «Manchester Yunayted»dan «Real»ga 30 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarimhimoyachi neapol klubida barcha musobaqalarda 44 o'yin o'tkazib, 14 gol urdi va to'rt assist berdi. Transfermarkt portalida McTominayning narxi 40 million evro deb baholanmoqda.




