«Milan» rahbariyati yarim himoyachi Adrien Rabiot bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. «Milan»da Rabiotni uzoq muddatli loyihaning muhim qismi deb hisoblashadi, shuning uchun rahbariyat barcha masalalarni iloji boricha tez hal qilishga intilmoqda. Hozirda Rabiotning yillik maoshi uch yarim million evro va bonuslardan iborat ekanligi ma'lum.

Hozirgi mavsumda Rabiot barcha turnirlarda to'qqiz marta maydonga tushib, to'rt marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va to'rt assist qayd etdi.