Italiyaning «Yuventus» forvard «PSJ» Randal Kolo-Muani sotib olish bo'yicha ish olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi Kolo-Muani bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Agar transfer amalga oshsa, o'yinchi «Yuventus» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzolaydi va yillik maoshi besh million evro bo'ladi.
Hozirda «Yuventus» «PSJ» bilan muzokaralar olib bormoqda, lekin tomonlar hali ham kelisha olmayapti. Parijliklar o'yinchi uchun 50 million evro talab qilmoqda, ammo bu summa italiyaliklar uchun juda yuqori hisoblanadi.
Kolo-Muani o'tgan mavsumni «Tottenxem»da ijarada o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, besh gol urdi va to'rt assist berdi.




