Marokash terma jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri Braim Dias Italiya Seriyasida ishga joylashish imkoniyatiga ega. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Jurnalist ma'lumotlariga ko'ra, marokashlik futbolchini Turinning «Yuventus» klubi sotib olishga qiziqmoqda. «Eski xonim» Braimning o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Dias «qirolicha» klub bilan 2027 yilning o'rtalarigacha shartnoma tuzgan. Yarim himoyachining bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda vinger 42 uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol urdi va 9 assist berdi.