«Latsio» rahbariyati yangi markaziy himoyachi bilan jamoani kuchaytirmoqchi. Bunga sabab - Marios Hilaning «Milan»ga o'tishi.
Hilaning yo'qolishi «Latsio»ni tezda uning o'rnini qoplashga majbur qilmoqda. Rimliklarning asosiy maqsadi - Zagrebdagi «Dinamo»ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Serxi Dominges. Oxirgi paytlarda tomonlar o'rtasida aloqalar tiklandi va oq-ko'klar kelishuvni tez orada yakunlashni umid qilmoqda. Buni tuttomercatoweb.com ma'lum qilmoqda.
O'tgan mavsumda Dominges barcha musobaqalarda 41 ta o'yin o'tkazdi, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 9 million evro deb baholangan.




