25 yoshli markaziy himoyachi «Latsio» Marius Hila «Milan»ga o'tishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar 2031 yilgacha shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldilar. Agar bitim yakunlansa, ispaniyalik «Milan»da to'rt yarim million evro va bonuslar oladi.

Ma'lum qilinishicha, «Milan» futbolchini qo'lga kiritish uchun «Napoli» va «Atalanta»ni ortda qoldirib, yaxshiroq taklif bilan chiqdi. Endi «rossoneri» «Latsio» bilan kelishuvga erishishi kerak. Tez orada klub 25 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Hila barcha musobaqalarda 36 o'yinda maydonga tushdi va hech qanday natijaviy harakatlar ko'rsatmadi.