Qanot himoyachisi Zakari Atekame qishki transfer davrida «Lion»dan «Milan»ga qaytishi mumkin. Bunga «La Gazzetta dello Sport» xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Milan» 21 yoshli futbolchini qaytarish bo'yicha «Lion» bilan muzokaralar olib bormoqda. Birinchi aloqa allaqachon o'rnatilgan, ammo shartnoma amalga oshishi uchun italiyalik klubga «Lion»ning roziligi kerak. Fransuzlar kompensatsiya talab qilishi mumkinligi ham istisno emas.

Ushbu mavsumda Atekame barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda ishtirok etib, ikki gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Atekamening «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.