Hujumchi «Yuventus» Loys Openda transferga qo'yildi, deb yozadi Gazzetta dello Sport.
Ma'lum qilinishicha, turinliklar futbolchi bo'yicha «Lans», «Lion», «Ren» va «Koventri»dan takliflar olishgan.
Hujumchi o'tgan yozda «Leypsig»dan ijaraga o'tdi va mavsum oxirida 46 million evro umumiy summaga sotib olish majburiyati bilan kelishilgan.
Bu bitim «Yuventus» uchun fojiali bo'lib chiqdi, chunki Openda 34 o'yinda atigi ikkita gol urdi. Belgiyalik 2025 yil dekabrdan beri gol urmagan va mavsumning oxirgi 11 o'yinida atigi to'rt daqiqa maydonda bo'lgan.
Shuningdek, «Yuventus» sotib olish huquqi bilan ijarani ko'rib chiqishga tayyorligi haqida xabar berilgan.




