Milanning «Inter» klubi rasmiy saytida jamoaning himoya chizig'idan bir nechta futbolchining ketishi haqida xabar berdi.
Top-klubni italiyalik himoyachilar Matteo Darmian va Francesco Acerbi, shuningdek, gollandiyalik Stefan de Vrij tark etdi. Ularning barchasi erkin agentga aylandi.
Oldinroq «Inter»dan shveytsariyalik darvozabon Yann Sommerning ketishi haqida e'lon qilingan edi.
O'tgan o'yin mavsumi natijalariga ko'ra, milanlik buyuk jamoa Seriya A chempioni bo'lib, eng yaqin raqibidan 11 ochko oldinda chiqdi. Bundan tashqari, «neradzurri» Italiya kubogining egasi bo'ldi.




