Madridning «Real» klubi o'zining yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingani yozgi transfer oynasida qanchaga sotishi mumkinligini ma'lum qildi.
Diario AS ma'lumotlariga ko'ra, «Real» 23 yoshli fransuzni 60 million evro taklif qilinsa, qo'yib yuborishga tayyor. Hozirda «PSJ» va «Milan» Kamavinga bilan qiziqayotgan klublar qatorida. Tez orada Kamavinga «Real»ning bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan suhbat o'tkazishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarimhimoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi.
Kamavinganing «Real»dagi taqdiri qachon hal bo'lishi ma'lum bo'ldi




