Portugaliyalik markaziy hujumchi Gonsalu Ramush «Milan» jamoasining o'yinchisi bo'ldi. Hujumchini sotib olish haqida Italiya klubining matbuot xizmati rasmiy saytida ma'lum qildi.

25 yoshli futbolchi fransuz «PSJ»dan xarid qilindi. Oldinroq, bitim summasi taxminan 75 million evro ekanligi haqida xabar berilgan. Shunday qilib, Ramush «Milan» tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi.

Hujumchining yangi klub bilan mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi.

«Benfika» tarbiyalanuvchisi 2024 yildan beri Fransiyada o'ynaydi. «PSJ» formasida o'tkazgan ikki yarim mavsumda u 131 o'yinda 45 gol urdi va 10 assist berdi.