Markaziy himoyachi «Benfika»dan Antoniu Silva «Milan»da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato jurnalisti Uilyam Lazalandra xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Milan» allaqachon 22 yoshli portugalik futbolchini transfer qilish bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Kelishuv summasi taxminan 25-30 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Silva manfaatlarini taniqli agent Jorje Mendes himoya qilmoqda.

O'tgan klub mavsumida Silva barcha musobaqalarda 41 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachining «Benfika» bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi.