Hujumchi «Marsel» Meyson Grinwood o'zining karerasini davom ettirish uchun afzal ko'rgan variantini belgilab oldi.

Angliyalik futbolchiga «Fenerbahche», «Al-Hilal» va «Roma» qiziqish bildirmoqda.  Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Rimga ko'chishni afzal ko'radi. Hujumchi «bo'rilar»dan yangi taklif kutmoqda.

«Marsel» Grinwood uchun taxminan 55 million evro so'ramoqda, shundan 40%ini «Manchester Yunayted» oladi. Tez orada «Roma» 45-50 million evro atrofida taklif berishi kutilmoqda. «Fenerbahche»ning 35 million evro miqdoridagi taklifi fransuz klubi tomonidan allaqachon rad etilgan.

O'tgan mavsumda Grinwood «Marsel» safida 45 o'yinda 26 gol urib, 11 assist bergan.