21 yoshli yarim himoyachi Nikolas Pasa italiyaning «Como» klubida o'z karerasini davom ettiradi. Bu haqda ishonchli insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Como» argentinalik yarim himoyachini qaytarib olish bo'yicha «Real» bilan kelishuvga erishdi. O'z navbatida, futbolchining «Como»da qolishni juda xohlagani ta'kidlanmoqda. Shuningdek, «Real»da Pasa uchun qaytarib olish opsiyasi yana bo'lishi qayd etilmoqda.
Avvalroq «Real» yarim himoyachini qaytarish qarorini qabul qilib, 9 million evro to'lash orqali opsiyani faollashtirgan edi. Mish-mishlarga ko'ra, Pasa ni saqlab qolish uchun «Como» 60 million evro to'lashga majbur bo'lgan.
O'tgan mavsumda Italiyaning chempionatida argentinalik 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.




