Hujumchi «Pari Sen-Jermen» Gonsalu Ramus «Milan»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin.
A BOLA ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli portugalik «Milan»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, «Milan» Ramus uchun parijliklarga 45 million evro taklif qilgan, bonuslar bilan birga.
Futbolchiga to'rt yoki besh yil davomida yillik to'lovi to'rt million evro bo'lgan shartnoma taklif etiladi. Ramus — «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning birinchi iltimosidir.
O'tgan klub mavsumida Ramus barcha musobaqalarda 45 uchrashuvda maydonga tushib, 12 gol urdi va ikki assist qayd etdi.




