30 yoshli «Atletiko» Madrid hujumchisi Aleksandr Sorloti yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, «matraschilar» norvegiyalik forvardni 35 million evro evaziga qo'yishga tayyor. O'yinchiga «Yuventus» uzoq vaqtdan beri qiziqmoqda, ammo endi poygada «Fennerbahche» ham qo'shildi.
O'tgan mavsumda Sorloti barcha musobaqalarda 54 uchrashuvda ishtirok etib, 20 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va bir gol pas berdi.
Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchining narxini 18 million evro deb baholamoqda.




