21 yoshli himoyachi «Atalanta»dan Marko Paletra «Barselona»ga o‘tmaydi. Ushbu ma'lumotni Mundo Deportivo tarqatmoqda.
Agar manbaga ishonilsa, «Barselona» Paletrani kuzatib borgan va Jül Kunder yoki Alejandro Balde sotilishi holatida yosh italiyalikni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Biroq endi Paletra «Inter»ga o‘tishga yaqin. Bitimning umumiy summasi bonus to‘lovlari bilan birga taxminan 50 million evroni tashkil etadi.
2025/26 yilgi mavsumda Paletra «Kalyari»da ijarada o‘ynadi. U o‘tgan Seriya A musobaqasida 37 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va to‘rt assist berdi.




