«Milan» lissabonlik «Sporting»dan ikki futbolchini qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Bu - yarim himoyachi Morten Yulmann va qanot hujumchisi Fransishku Trinkan haqida. Transfer News Live xabariga ko'ra, yangi bosh murabbiy Ruben Amorim «rossoneri»ning asosiy transfer maqsadlari sifatida ushbu «lion» futbolchilarini belgilagan. Ikkala bitim uchun taxminan 100 million evro kerak bo'lishi mumkin.

Ruben Amorim Yulmann va Trinkan bilan «Sporting»dagi hamkorligi orqali tanish. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis yaqinda «Milan»ni boshqarishni boshladi, avval esa «Manchester Yunayted»da ishlagan.