Sobiq Belgiya terma jamoasi futbolchisi Radja Nainggolan ikki yil qamoqda o‘tishi mumkin.

Brussel prokuraturasi sobiq «Inter» va «Roma» yarim himoyachisi uchun shunday jazoni talab qilmoqda. Nainggolanning moliyaviy operatsiyalari 105,5 ming evro miqdoridagi pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq. Ayblov versiyasiga ko‘ra, bu mablag‘lar Janubiy Amerikadan Evropaga kokain yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgan guruhga aloqador. Shuni ta’kidlash kerakki, Nainggolanga faqatgina pul yuvish ayblovlari qo‘yilgan, giyohvand moddalar tarqatishda ayblanmayapti.

Prokuratura belgiyalik futbolchini 105 ming evro miqdorida jarimaga tortishni ham talab qilmoqda. O‘zi esa moliyaviy operatsiyalar olib borgan shaxsning jinoyat faoliyatidan bexabar ekanini ta’kidlamoqda. 13-noyabrda uning advokatlari sudda chiqish qilishadi.