Yarimhimoyachi «Selta» Ilayks Moriba Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini qo'lga kiritishda «Yuventus» qiziqish bildirmoqda. Turin klubi yarimhimoyachi atrofidagi vaziyatni uzoq vaqtdan beri kuzatmoqda.

Ilayks Moriba 2025 yilda «RB Leypsig»dan «Selta»ga oltita million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda yarimhimoyachi Ispaniya klubida barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 15 million evroga baholangan. Shuni ta'kidlash joizki, Moriba «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.