Milanning «Inter» jamoasining bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoaning hujumdagi muammolari haqida savolga javob berdi.

Shanba kuni «neradzurrilar» «Milan»ga qarshi derbida 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'yin tugagach, jurnalistlar ruminiyalik murabbiydan yozgi transferda yana bir hujumchini qo'shib olishda klub xato qilganmi, deb so'rashdi.

«Hozir, Lautaro [Martinez] jarohatlangan va boshqa ikki hujumchi hali formaga kirmagan paytda, buni aytish oson. Yaxshiyamki, bunday holatlar kamdan-kam ro'y beradi, lekin biz albatta hujumchi transferi bo'yicha zarur xulosalarni chiqaramiz», – deya Kivuning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Nikolo Skira.

«Inter» Seriya A turnir jadvalida 10 turdan so'ng 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi.