Italiyaning «Como» klubi o'zining asosiy liderlaridan biri, yarimhimoyachi Martin Baturina uchun qanchalik narx belgilaganini ma'lum qildi.
Avvalroq, «Como» 23 yoshli xorvatni «Aston Villa»ga 50 million evroga sotishga rozi bo'lmaganligi haqida xabar berilgan edi.
Insayder Ekrem Konur bu ma'lumotni tasdiqladi. Biroq, manbaga ko'ra, «Como» 70-80 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Baturina xizmatlariga «Bavariya» va «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 34 o'yinda maydonga tushib, sakkiz marta gol urdi. Bundan tashqari, xorvat to'rt assist ham berdi.




