Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldilar. Shartnoma 18-iyun, payshanba kuni imzolanadi deb kutilyapti. Kivu «Inter» bilan 2028-yilgacha shartnomani uzaytiradi, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. 45 yoshli mutaxassisning yillik maoshi to'rt million evro bo'ladi.

Kivu o'z faoliyatini o'tgan yozda «Inter»da boshlagan. Uning rahbarligida klub Italiya chempioni bo'lib, milliy kubokni qo'lga kiritdi.