«Barselona» himoyachisi Ronald Arauho Italiya chempionatiga o'tishi mumkin.

Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, urugvaylik futbolchini qo'lga kiritishga «Inter» qiziqmoqda. Milan klubi o'yinchining transferi bo'yicha taklif berishni jahon chempionatidan so'ng rejalashtirmoqda. «Sine-granatoviy»lar Arauho bo'yicha qanday qaror qabul qilishi hozircha noma'lum.

Ronald Arauho 2018 yilda «Barselona»ga «Boston River» jamoasidan to'rt million evro evaziga o'tdi. Uning kataloniyalik klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «sine-granatoviy»lar safida barcha musobaqalarda 38 o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi. Transfermarkt portalida Arauho'ning qiymati 20 million evroga baholangan.