«Inter» jamoaning bosh murabbiyi Kristian Kivu bilan hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilmoqda.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, milan klubining rahbariyati so'nggi kunlarda ruminiyalik mutaxassisning agenti P'yetro K'odi bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazdi. Italiyaning amaldagi chempionlari Kivu bilan shartnomani iloji boricha tezroq uzaytirishni xohlamoqda – bu tomonlar orasidagi suhbatning asosiy mavzusi bo'ldi.

Kristian Kivu «Inter»ni 2025 yil iyunida boshqara boshladi. Uning rahbarligida milan klubi 2025/26 yilgi mavsumda Seriya A va Italiya Kubogini qo'lga kiritdi. Avvalroq, 2018 yildan 2024 yilgacha ruminiyalik mutaxassis «Inter»ning turli yoshdagi jamoalarini boshqargan, 2007 yildan 2014 yilgacha esa milanliklar safida futbolchi sifatida o'ynagan.