Muhtasham italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri italiyalik futbolning taktikaga juda qiziqishini ta'kidladi. U buni italiyalik terma jamoaning muammosi deb biladi.
«Men Italiyada bolalar va yoshlar futboli yo'qolgan degan fikr bilan rozi emasman. Aksincha, so'nggi yillarda biz U17 Yevropa chempionatida g'alaba qozondik, U19 jahon chempionatining finalida ishtirok etdik. Menga ko'rinadiki, Italiyada hamma taktikaga qiziqadi. Juda qiziqadi. Taktikaga kasallangan. Angliyada esa bunday taktikaga qiziqish yo'q», - deydi Ranyeri forzaroma.info saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi uchinchi marta ketma-ket jahon chempionatini o'tkazib yubormoqda.




