«Napoli» jamoasining darvozaboni Alek Maret Turinning «Yuventus»iga qarshi o'yinda jamoasining mag'lubiyatini sharhladi. Neapolliklar ikkita javobsiz gol o'tkazib yuborishdi.
«Bizga hali ham detallar ustida ishlash kerak — aynan ular ko'pincha hamma narsani hal qiladi. Bugun bizga diqqat va sabr yetishmadi: raqiblarga darvozaga erkin zarba berishiga imkon berdik, natijada ular ikkita ajoyib gol urishdi. Ikkala jamoa g'alabaga intildi, lekin raqibning hujumchilari mahorati yuqoriroq bo'ldi. Bu biz kutgan mavsum boshlanishi emas, ammo hali ham tuzatish uchun vaqt bor», - deya Maretning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
Keyingi turda neapolliklar Rimning «Latsio» jamoasiga qarshi o'ynaydi.
