Avtoritet italiyalik jurnalist Fabrizio Romano Mauro Ikardining ushbu klubga qaytishga bo'lgan qiziqishini tasdiqladi.
«Mauro Ikardi va «Inter»? Ikardi atrofidagi vaziyatni tushuntirishga ruxsat bering. U Italiyaga — «Inter»ga qaytishni xohlayotganida hech qanday shubha yo'q. O'tgan yil yanvarida u «Yuventus»ga o'tishga tayyor edi, lekin aynan Turin klubi bu hikoyani davom ettirishni xohlamadi. Ikardi «Inter»ga qaytishni juda xohlar edi — u buni o'zi aytgan, — va u hali ham klubga chuqur bog'langan. Uning xohishida hech qanday shubha yo'q, lekin endi «Inter»ga vaziyatni qanday baholashni hal qilish kerak», - deb keltiradi Romano so'zlarini fcinter1908.it.
Eslatib o'tamiz, Ikardi 2013 yildan 2020 yilgacha Milan «Inter»ining ranglarini himoya qilgan.
