Napadayonchi «Frozinone» Antonio Raimondo «Sassuolo»ga qarshi o'yinda uchta gol urdi (4:2). 22 yoshli forvard Seriya A doirasida 7 turda 7 gol urdi va chempionatning eng yaxshi to'purarlaridan biri hisoblanadi.
O'yindan so'ng Raimondo DAZNga bergan intervyusida o'zini boshqa mashhur to'purarlar bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi.
«Bu juda baland baholar. Men maksimal darajada o'ynashga, murabbiy ko'rsatmalariga amal qilishga va jamoaga yordam berishga e'tibor qaratyapman».
Forvard shuningdek, o'zining rivojlanishida bosh murabbiy Massimiliano Alviniyining ahamiyatini ta'kidladi.
«Men o'z rivojlanishimda ko'p jihatdan unga qarzdorman. Oldingi mavsumda juda yomon o'ynadim. Murabbiy tufayli men sezilarli darajada o'syapman. Faqat uni rahmat aytishim kerak», - deydi futbolchi TMWga.
«Uchinchi gol eng yaxshisi edi. Bu professional karieramda birinchi marta hattrik urish juda ajoyib his. Men hammadan to'pga imzo qo'yishni so'radim».
Transfermarkt portaliga ko'ra, Raimondoning bozor qiymati 7 million evro. O'yinchi Italiya yoshlar terma jamoasi safida (10 o'yin va 4 gol) o'ynash tajribasiga ega.
