«Atletiko» hujumchi Jonathan Devidni «Yuventus»dan mavsum oxirida sotib olishni rejalashtirmoqda. Madrid klubi kanadalik futbolchining ijaraga olinganidan keyin o‘yinidan juda ta'sirlangan, deb xabar bermoqda Football Italia Relevo manbalariga tayanib.
Devid 2026-yil yozida «Atletiko»ga 25 million evro evaziga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga kelgan. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, madridliklar bu summani kelasi yilning byudjetida ko‘zda tutgan. Shuningdek, klub «Yuventus» bilan transfer narxini pasaytirish bo‘yicha kelishishga harakat qilishi mumkin.
Kanadalik futbolchi 2025-yil yozida «Lill»dan ketgach, «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgan. O‘tgan mavsumda Seriya Ada 6 ta gol urib, 4 ta assist bergan.
«Atletiko»da o‘tkazgan dastlabki to‘rt o‘yinda Devid 3 ta gol urdi va 2 ta assist berdi. Italiya chempionatida esa u shunga o‘xshash natijaga erishish uchun 19 ta o‘yinda maydonga tushgan.
