«Inter» jamoasining bosh murabbiyi Kristian Kivu «Bolonya» bilan bo'lib o'tadigan o'yin oldidan matbuot anjumanida so'zladi. Seriya Aning 7-tur o'yini 17-oktabrda bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda, Chempionlar Ligasida «Bryugge»ga 3:4 hisobida yutqazish haqida ham gap bordi.

«Birinchidan, mas'uliyat mening zimmamda. O'yinchilarga ko'proq ishonch berishim kerak. Ular maydonda bo'lganida ko'p narsani nazorat qila olmayman, lekin qanday harakat qilish kerakligini aniqroq tushuntira olaman», - dedi Kivu.

Murabbiy jamoaga o'yin davomida allaqachon ishlayotgan narsalarni saqlab qolgan holda, ayrim detallarni yaxshilash zarurligini ta'kidladi.

«Biz seshanba kuni qilgan ishlarimizdan voz kechmasligimiz kerak. O'yinchilar orasida to'g'ri masofani saqlaganimizda, raqibni to'pni bizga berishga majbur qilardik», - dedi u.

Kivuning so'zlariga ko'ra, muammolar futbolchilar pressingda noto'g'ri harakat qilganda yuzaga kelgan.

«Pressingdan voz kechish oson bo'lardi, lekin maydondagi o'zaro aloqani va muloqotni yaxshilashimiz kerak. Men ishtiyoqni va oldinga intilishni saqlab qolishni xohlayman. Futbolda sekin o'ynasangiz, uzoqqa bormaysiz», - deya qo'shimcha qildi u.

Shuningdek, murabbiy darvozabon Ivan Provedelga ishonch bildirdi va uni yaqin kelajakdagi o'yinlarda kutayotganini ta'kidladi.