Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich 45 yoshga to'lishi munosabati bilan Ferrari xarid qildi.

Sobiq futbolchi yangi mashinasining videosini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Ibragimovich ushbu postni «Zlatan, tug'ilgan kuning bilan!» degan qisqa izoh bilan taqdim etdi.

3-oktabr kuni shved futbolchisi 45 yoshga to'ldi. Ibragimovich o'zining futbol karerasini 2023-yil yozida yakunladi. U oxirgi marta «Milan» jamoasida o'ynadi. U o'z faoliyati davomida «Malmo», «Ajax», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Los-Anjeles Gelaksi» jamoalarida ham o'ynagan. U Shvetsiya terma jamoasi safida 122 o'yinda 62 gol urgan.