Shanba kuni sobiq Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 45 yoshga to'ladi. Ibragimovich karerasi davomida Seriya A ning uchta yetakchi klubida – «Yuventus», «Inter» va «Milan» da o'ynagan.
«Yuventus» va «Milan»ning ijtimoiy tarmoqlarida Ibragimovichga tabriklar joylashtirilgan. Biroq, «Inter» hali shved hujumchini tabriklamadi, lekin kun oxirigacha vaqt bor.
Shu munosabat bilan, Ibragimovichning italiyalik jamoalardagi ko'rsatkichlariga nazar tashlaylik:
«Milan»: 163 o'yin, 93 gol, 35 golli uzatma.
«Inter»: 117 o'yin, 66 gol, 29 golli uzatma.
«Yuventus»: 92 o'yin, 26 gol, 21 golli uzatma.
