«Barselona» 2027 yilda yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. El Nacional nashrida keltirilgan ma'lumotga ko'ra, kataloniyaliklar maqsadlari ro'yxatiga «Inter»dan Alessandro Bastoni qaytgan.

O'z navbatida, Bastoni muhitni o'zgartirishni va «Kamp Nou»ga o'tishni xohlaydi. Biroq, bunday transferni amalga oshirish uchun «Barselona»ga taxminan 80 million evro miqdorida katta mablag' kerak bo'ladi.

O'tgan kuni Alessandro Bastoni Italiya terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi o'tkazilgan Millatlar Ligasi o'yinida gol urdi. O'yin 1:1 hisobida tugadi.

Shuni ta'kidlash joizki, 27 yoshli Bastonining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.