Mashhur agent Jorje Mendesh o'z mijozini Lamin Yamalni joriy yilda «Oltin to'p»ni olishiga ishonadi.
19 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda «Barselona» tarkibida La Ligani yutgan, yozda esa Ispaniya terma jamoasiga jahon chempionatida g'alaba qozonishga yordam bergan.
«Lamin Yamal «Oltin to'p»ni olishga loyiq. U juda katta farq bilan eng yaxshisi, va siz buni yaxshi bilasiz», – deydi Mendesh The Touchline nashriga bergan intervyusida.
O'z navbatida, ispan qanot o'yinchisi ham prestijli shaxsiy mukofotni olishga loyiq deb hisoblaydi. Oltin to'p taqdimot marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi. O'tgan yili g'olib Usmon Dembele «PSJ»dan bo'lgan.
