Himoyachi Erik Garciya «Barselona» jamoasining joriy mavsumdagi kapitanlarini tanlash jarayoni haqida ma'lumot berdi.

Ispaniyalik futbolchi Rafinyo Dias va Pedridan keyin uchinchi kapitan sifatida tanlandi. To'rtinchi va beshinchi o'rinlarni esa Frenki de Yong va Lamin Yamal egalladi.

«Bizga qog'oz berishdi, unda biz kapitan sifatida ko'rishni xohlagan futbolchilarimizning ismlarini yozishimiz kerak edi. Murabbiy birinchi va ikkinchi kapitanlarni o'zicha tanladi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni esa futbolchilar ovoz berish orqali belgiladilar», – deydi Erik Garciyaning so'zlarini keltirgan Barca Universal.

Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa La Ligada besh turdan so'ng 15 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.