Endrikning agenti Tyaqo Freytas, Madridning «Real» klubidagi hujumchisi haqida ketayotgan mish-mishlarga izoh berdi.

Braziliyalik futbolchini butun yoz davomida ijaraga berilishi mumkinligi bilan bog'lashdi. 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda hali bir marta ham maydonga tushmagan, bu esa uning holatidan norozi ekanligi haqidagi gap-so'zlarni kuchaytirmoqda.

«Endrik menga klubni tark etmoqchi ekanligini aytmadi, boshqa jamoaga o'tish istagida emas. Bu boradagi barcha gaplar – to'liq yolg'on, bunday narsa bo'lmagan», – deydi Freytas Madrid Universalga bergan intervyusida.

Hujumchining «Real» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.