«Barselona»ning qanot o'yinchisi Entoni Gordon jamoaning joriy mavsumdagi chiqishi haqida fikr bildirdi.

«Ko'k-qizillar» ajoyib natijalar ko'rsatmoqda: La Ligada amaldagi chempionlar barcha beshta o'yinini 21:4 umumiy hisobida g'alaba bilan yakunladi, Chempionlar ligasiFeyenoord» ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozondilar.

««Barselona»ga o'tganimda, har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz mumkinligini bilardim, lekin har doim besh gol farqi bilan g'alaba qozonishimizni kutmagan edim. Hech kim bizning hujumimizni to'xtata olmaydi», – deydi Gordon, The Touchline nashriga ko'ra.

16 sentyabr kuni Xans-Diter Flik jamoasi o'z maydonida «Rasing»ni qabul qiladi.