«Real» jamoasining murabbiyi Jozef Mourinyo o‘z jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi. Shanba kuni «oq-qora»lar o‘z uyida «Rayo Valekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdilar.

«Biz ko‘p gol uramiz, lekin shuningdek, juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy beramiz. Biz hujumga o‘tganda, intensiv o‘ynaymiz. Biz to‘pni o‘ynashdan oldin o‘n daqiqa davomida nazorat qiladigan jamoalardan emasmiz. Biz juda tez harakat qilamiz va tez harakat qilgan sari qaror qabul qilish qiyinlashadi. Bir kuni bir jamoa bunga to‘lov qiladi – o‘sha kun kelganda, hammasi kiritilsa, biz 6 yoki 7 gol uramiz», - deydi Mourinyo Marca’ga bergan intervyusida.

«Real» jamoasi La Ligada 5 ta o‘yinda 12 ochko to‘pladi.