«Real»ning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Rayo Valyekano» ustidan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi.
«Bu uchta muhim ochko. Har doim g'alaba qozonish muhim, ayniqsa, o'tgan o'yinda mag'lubiyatdan so'ng. Biz bugungi o'yin natijasini birinchi taymda hal qildik. Oson bo'lmadi: uch kun oldin «Inter»ga qarshi o'yin o'tkazdik, bunday o'yinlarni nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan ham qabul qilish qiyin. Men charchoqni sezdim, muvozanatni ta'minlash uchun o'zgarishlar qilishga harakat qildim. O'yinchilarim mening hurmatim va olqishlarimga loyiq, chunki biz o'yinni tezda hal qildik», - deya Mourinyoni iqtibos keltirmoqda Marca.
«Real»ning keyingi La Liga o'yini 15 sentyabrda «Elche»ga qarshi bo'lib o'tadi.
