«Real» yozda qanot o'yinchisi Yan Diomande uchun 125 million evro sarfladi. Biroq, futbolchi hali «suvli» formasi bilan birorta ham natijaviy harakat amalga oshirmadi. Diomande haqida o'yindan keyingi matbuot anjumanida «Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo fikr bildirdi.

«Diomande? Men allaqachon juda katta yoshdaman, shuning uchun bosimni his qilmayman, lekin murabbiy turli jamoalar bilan ishlashga majbur. Ba'zan hech kim jarohat olmasligi uchun duo qilasan, ba'zan esa ko'p variantlar tanlash imkoniyati bor. Diomande rivojlanishda davom etadi. Uning Evropada yuqori darajada o'ynash tajribasi juda oz. U hali ko'p narsalarni o'rganishi kerak, lekin potentsiali aniq. Bu juda kuchli o'yinchi, u bizga ko'p variantlar beradi. U o'ng tomonda va Vinisius o'ynaydigan joyda harakat qilishi mumkin, shuning uchun qarorlar qabul qilishim kerak. Men uning rivojlanishini xohlayman», - dedi Mourinyo jurnalistlarga.

«Real» «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.