Madriddagi Real forvardi Kilian Mbappe o'zini nima uchun egoist deb hisoblamasligini tushuntirdi.
«Men egoist emasman. Men shunchaki gollarga qiziqaman, chunki bu mening ishimiz. Bu egoizm emas.
Qanday qilib men egoist bo'lishim mumkin, agar men Fransiya terma jamoasi tarixida eng ko'p golli uzatmalarga ega bo'lsam? Agar men egoist bo'lsam, unda terma jamoa o'yinchilari haqida ham shunday deyish mumkin, chunki ular menga qaraganda kamroq golli uzatma berishgan», – deydi Mbappe Madrid Xtra'ga bergan intervyusida.
27 yoshli forvard Fransiya terma jamoasi safida 106 uchrashuvda 66 gol urgan va 44 golli uzatma bergan. Klub darajasida esa Kilian raqiblar darvozasini 488 uchrashuvda 378 marta ishg'ol qilgan.
