Madriddagi Real hujumchisi Kilian Mbappe futbolning uzoq umr ko'rishi va Lionel Messiga oid fikrlarini bildirdi.

«39 yoshga kelib Messi kabi o'ynashimni tasavvur qilamanmi? Agar kerak bo'lsa, 100 yoshgacha o'ynardim. Lekin shuncha yaxshi bo'lamanmi? O'ynay olmasligingni tushunish kerak. Messi buni o'ylashga majbur emas, chunki u hali ham o'ynay oladi. Messi – bu Messi. Men o'zimni boshqa bir o'yinchi sifatida ko'raman. Lekin u – o'ziga xoslar ichida o'ziga xos», – deydi Mbappe Madrid Universal tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra.

27 yoshida fransuz jahon chempionatlarida eng ko'p gol uruvchi futbolchi bo'lib ulgurdi. Aynan Mbappe so'nggi ikki mundialda «Oltin butsa»ni qo'lga kiritdi, Lionel Messi esa har ikki marta gol uruvchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi.