Madriddagi Realning yarim himoyachisi Eduardo Kamalavinga yozgi transfer oynasida klubni tark etishni xohlamadi.

Iyul oyida Galatasaray 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 50 million evro to‘lashga tayyor edi, ammo fransuz o‘zining qiziqishini bildirmadi va Madridda qolishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Touchline Matteo Moretto insayderiga tayanib.

Eduardo Kamalavinganing Real bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha davom etadi va uning bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko‘ra 50 million evroga teng. U 2021 yildan buyon «qirollik» klubining ranglarini himoya qilmoqda.

Yozda Kamalavingaga Manchester Yunayted, Chelsi, «Liverpul» va Manchester Sitidan ham qiziqish bo‘lgan.