Ispaniyaning La Ligasi avgust oyining eng yaxshi futbolchisini tanladi. La Liga rasmiy saytida xabar berilishicha, eng yaxshi deb «Barselona» hujumchisi Rafinya tanlangan.

O'tgan oy Rafinya «Barselona»ning Ispaniya chempionatidagi uchta o'yinida qatnashdi. Ushbu uchta uchrashuvda braziliyalik futbolchi beshta gol urdi va birta golga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, Rafinya 2026/2027 mavsumida qanot o'yinchisi sifatida emas, balki markaziy hujumchi sifatida o'ynamoqda. Hans-Diter Flikning braziliyalikni hujumda o'ynatish qarori o'zini oqlamoqda.

«Barselona» Ispaniya chempionatida to'rt turda maksimal 12 ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda.