Braziliyalik hujumchi Endrik yanvar oyida Madridning Real klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qirolicha» klub 20 yoshli forvardni ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Endrikning shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi va uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda braziliyalik ijarada fransuzning «Lion» klubida o'ynadi. Hujumchi 16 ta Ligue 1 o'yinida qatnashib, beshta gol (bittasi – penaltidan) va yetti golli uzatma qayd etdi.
