«Barselona»ning sport direktori Deko chap himoyachi Alejandro Balde holatini baholadi. Avvalroq Hans-Diter Flick 22 yoshli Baldeni hisobga olmayotgani haqida xabar berilgan edi.

«Balde? Hech narsa bo'lmadi, u bizning futbolchimiz. U 22 yoshda, katta kelajagi bor va dunyoning eng yaxshi klubi bilan shartnomasi bor. U tarkibda o'rin uchun raqobatlashishi kerak. 

Baldeda jarohatlar bo'lgan, lekin ikki yil oldin u ajoyib edi. Agar Balde yaxshi holatda bo'lsa, «Barselona» tarkibiga tushmasligi qiyin, - dedi Deko RAC1 efirida.

Muxtasar portal Transfermarkt Alejandro Baldeni 50 million evroga baholamoqda.