«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik himoyachilardan biriga umid qilmayapti. Goal portalining Ispaniya nashriga tayanib xabar berishicha, Flikning rejasida Alejandro Balde yo'q.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, chap himoyachi pozitsiyasida Flik Gerard Martin va Joao Kanseluga tayanmoqda.
Yozgi transfer oynasi oxirida 22 yoshli Baldega «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgandi, ammo shartnoma imzolanmadi.
2026/2027 mavsumida Alejandro Balde hali birorta o'yinda maydonga tushmagan. U to'rt marta 90 daqiqa zaxirada o'tirgan, yana bir marta esa ro'yxatga kiritilmagan.
Baldening qiymati Transfermarkt portalida 50 million evro deb baholanmoqda.
