«Barselona»ning sport direktori Deku, Kataloniyaning ushbu klubi Rodrini «Manchester Siti»dan transfer qilish ustida qanday ish olib borganini aytib berdi.
- Dastlab, biz uning «Siti»dan ketishini o'ylamagan edik, bu mumkin emas deb hisoblagandik. U ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumot paydo bo'lgach, birinchi navbatda sport direktori bilan bog'landik va bu ma'lumotni tasdiqlashni so'radik. U menga Rodriga shartnomani uzaytirish taklif qilinganini, lekin agar u ketishga qaror qilsa, uning klubdagi tarixi hisobga olinib, unga to'sqinlik qilish qiyin bo'lishini aytdi. Bosh murabbiy rozilik berdi va biz transfer ustida ishlashni boshladik, - dedi Deku RAC1 radiosida.
Eslatib o'tamiz, 2026 yil avgustida Rodri «Barselona» futbolchisi bo'lib, to'rt yillik shartnoma imzoladi.
