«Barselona»ning sport direktori Deku, nega katalon klub Bernardo Silvani imzolamaganini aytib berdi.

- Bu biz izlagan pozitsiya va profil emas edi. U ajoyib futbolchi, mening terma jamoamda o'ynaydi. So'nggi yillarda u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi, lekin bizga boshqa pozitsiyada o'yinchi kerak edi. Bizga ma'lum bo'ldiki, u bizga o'tmoqchi edi, va uning darajasidagi futbolchi har doim jamoani kuchaytirishi mumkin. Ammo keyin ish davom etmadi, chunki biz o'z g'oyalarimizdan chekinolmaymiz. Agar kelmoqchi bo'lsang, faqat bizning shartlarimiz asosida, - dedi Deku RAC1 radiosida.

Natijada Silva boshqa bir ispanyol gigantida faoliyatini davom ettirdi. Iyun oyida «Real» portugaliyalik futbolchini imzolaganini rasmiy ravishda e'lon qildi, u «Manchester Siti» bilan shartnomasi tugagach, Madridga erkin agent sifatida o'tdi.